AsosiyJamiyat

Mirziyoev Erdo`g`on bilan telefon orqali muloqot qildi

'Mirziyoev Erdo`g`on bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

28 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Davlat rahbarlari bir-birini va qardosh xalqlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.

Ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik yuqori sur`at va samarali tus olgani qayd etildi.

Yurtimizda Turkiyaning etakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investisiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda. Yil boshidan buyon qariyb 100 ta yangi qo`shma korxona tashkil etildi.

Joriy yil 1 iyul kunidan boshlab Imtiyozli savdo to`g`risidagi hukumatlararo bitimning kuchga kirishi o`zaro savdo hajmining yanada ortishiga xizmat qiladi. Ikki mamlakat shaharlari o`rtasida aviaqatnovlar ko`paymoqda.

Suhbat chog`ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bo`lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko`rib chiqildi. O`zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig`ilishi kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida ta`kidlandi. 

    Boshqa yangiliklar