Erga 10 ta o`rtacha avtobusga teng, ya`ni diametri 160 metr bo`lgan asteroid 41500 kilometr/soat tezlikda yaqinlashmoqda. Bu tovush tezligidan qariyb 34 baravar yuqori. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Kosmik jism 2013 WV44 deb nomlanadi. U sayyoramiz uchun potensial xavfli bo`lgan kosmik toshlarga tegishli va kosmik standartlar bo`yicha Erga yaqin masofaga yaqinlashadi.
“10 yil avval kashf etilgan ushbu asteroidning kengligi taxminan 160 metrni tashkil etadi, uning Erga qarab harakatlanish tezligi esa 41,5 ming km/soat. 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:00 da ushbu asteroid Erga 3,3 million kilometr masofada yaqinlashadi. Garchi bu Oydan 9 marta uzoqroq bo`lsa-da, mazkur masofa hanuzgacha xavfli hisoblanadi”, — deydi mutaxassislar.






