AsosiyJamiyat

O`zbekistonda OAVni qo`llab quvvatlash bo`yicha 5 ta nizom tasdiqlandi

'O`zbekistonda OAVni qo`llab quvvatlash bo`yicha 5 ta nizom tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan OAVni qo`llab quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo`yicha quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

Bolalar uchun mo`ljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi.

Bunda tanlov 2 yo`nalishda – “bolalarga mo`ljallangan eng yaxshi teleloiyha” va “bolalarga mo`ljallangan eng yaxshi radioloyiha” nominasiyalarida tashkil etilib, jami 30 ta eng yaxshi loyiha moliyalashtiriladi.

Tanlov har yili iyul–avgust oylarida, g`oliblarni taqdirlash sentyabrda o`tkaziladi;

Ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingan eng yaxshi material” tanlovni tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi.

Shunga ko`ra, tanlov har yili chorak yakuni bo`yicha quyidagi yo`nalishlarda o`tkaziladi:

  • ️gazetalar va jurnallarda chop etilgan materiallar;
  • ️telekanallarda efirga uzatilgan materiallar;
  • ️radiokanallarda efirga uzatilgan materiallar;
  • ️veb-saytlarda e`lon qilingan materiallar.

Bunda har bir yo`nalish bo`yicha g`oliblar tegishlicha BHMning 50 baravari (1-o`rin), 40 baravari (2-o`rin) va 30 baravari (3-o`rin) miqdorida rag`batlantiriladi.

Shuningdek, har bir yo`nalish bo`yicha 5 tadan 22 tagacha sovrindorlar aniqlanib, ular BHMning 10 baravari miqdorida rag`batlantirilishi nazarda tutilgan;   OAV xodimlarining xorijiy tillarni o`rganish hamda xorijiy tillar bo`yicha tegishli milily yoki xalqaro sertifikatga ega bo`lish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to`g`risidagi.

Nizomga muvofiq, OAVda kamida 1 yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan xodimlarning xorijiy tillarni o`rganish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan qismi kompensasiya qilinadi.

Bunda ular xorijiy tillar bo`yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo`lishi lozim;

Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna bo`lish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi to`g`risidagi.

️Shunga ko`ra, “Obuna” yagona elektron platformasi va uning mobil ilovasi orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining qaytariladigan miqdori obuna rasmiylashtirilgandan 1 oy o`tganidan keyin shakllantiriladi.  

Obuna xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda qaytariladi:

  • ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar – obuna narxining 10 foizi miqdori;
  • bolalarga mo`ljallangan davriy bosma nashrlar – obuna narxining 20 foizi miqdori;

Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida bo`lmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakllarini yaratish, ularni modernizasiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom.

Bunda har yili eng yaxshi 20 ta loyihani aniqlash bo`yicha tanlov e`lon qilinib, g`olib loyihalarga O`zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikasiyalarni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hisobidan mablag` ajratiladi.    

    Boshqa yangiliklar