Tailandda o`tayotgan o`smirlar o`rtasidagi Osiyo Kubogida chorakfinal bahslari bo`lib o`tdi. Unda 4 jamoa - Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya va O`zbekiston g`alaba qozonib, yarimfinalga chiqdi shuningdek, Indoneziyada o`tkaziladigan jahon chempionatiga ham yo`l oldi.
O`zbekiston U-17 jamoasi 1/4 finalda S guruhida etakchi bo`lgan Saudiya Arabistonini Ollobergan Karimov va Dilshod Abdullaevning gollari evaziga mag`lubiyatga uchratdi. O`yinda darvozabon Muhammadyusuf Sobirov penaltini qaytarib, g`alabaga munosib hissa qo`shdi.
29 iyun kuni yarimfinalda ular Janubiy Koreya bilan o`ynaydi. Ikkinchi yarimfinalda esa Eron va Yaponiya bellashadi.






