AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bir yil ichida qariyb 1 300 ta narkojinoyat fosh etildi

'O`zbekistonda bir yil ichida qariyb 1 300 ta narkojinoyat fosh etildi'ning rasmi

2022 yilda Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 1279 ta narkojinoyat fosh etildi.

Noqonuniy muomaladan 917 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, geroin, opiy, moddalari musodara qilindi.

Shuningdek, 373 ming 550 dona kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi.

Shu o`rinda, respublikamizda sintetik narkotik moddalarni musodara qilish holatlari ko`payayotganligini ta`kidlash lozim.

2022 yilda 32 kg.dan ortiq sintetik giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmadan olingan bo`lib, ular asosan mefedron, amfetamin, “Alfa-PVP” va MDMA kabi narkotiklar hisoblanadi.

2022 yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Qozog`iston Milliy xavfsizlik qo`mitasi, Qirg`iziston Davlat milliy xavfsizlik qo`mitasi bilan birgalikda 9 ta faol tadbir va maxsus operasiyalar o`tkazilib, 11 nafar narkojinoyatchi ushlandi hamda 166,4 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

    Boshqa yangiliklar