"O`zgidromet" markazi bugun - 26 iyunda O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida xabar berdi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida bugun havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 33-35° bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 31-36°bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 31-36°bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40°bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARIDA
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 20-25° bo`ladi.






