Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda sevganini ko`rgani kelgan bola qizning akasi tomonidan "samosud" qilingani aks etgan video tarqaldi. Izohlarda keltirilishicha, kaltaklangan bola maktab o`quvchisi, urgan bola esa kursant bo`lgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati rahbari J.Sagdullaevning ma`lum qilishicha, holat 2023 yil 21 iyun kuni soat 22:00 larda Urgut tumani "Omonquton" mahallasida sodir bo`lgan. 2006 yilda tug`ilgan Q.S., sinfdoshi U.G. bilan telefon orqali gaplashib, uning yashash xonadoniga uchrashish maqsadida kelgan vaqtida qizning akasi yigitni ushlab olib, urib tan jarohati etkazgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






