AsosiyJamiyat

Bugun hararat 42 darajagacha bo`ladi, ayrim hududlarda chang-to`zon ko`tarilishi mumkin - “O`zgidromet”

'Bugun hararat 42 darajagacha bo`ladi, ayrim hududlarda chang-to`zon ko`tarilishi mumkin - “O`zgidromet”'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda ba`zi joylarda 42° gacha bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-36° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar