AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligida rahbar pora bilan qo`lga tushgani rad etildi

'Toshkent shahar hokimligida rahbar pora bilan qo`lga tushgani rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Umurzoqovning poraxo`r xodimi qamalgani haqida turli xabarlar tarqaldi. Poytaxt hokimligi axborot xizmati mazkur xabarlarni inkor etdi.

Toshkent shahar hokimligining qurilish bo`yicha bo`lim boshlig`i Lutfulla Almanov Prokuratura qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan hibsga olingani aytilgan.

Hokimlik matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Lutfulla Almanov Toshkent shahar hokimligida emas, balki Uchtepa tuman hokimligida tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish va obodonlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida 2019 yilning 27 iyunidan 2021 yil 24 noyabr kuniga qadar ishlagan. Ya`ni Toshkent shahar hokimligida umuman ishlamagan va bundan qariyb ikki yil oldin muvofiq qaror bilan hokimlik tizimidan bo`shab ketgan. 

“Toshkent shahar hokimligi va hokim v.b. Shavkat Umurzoqovga tegishli bo`lgan barcha iddaolari yolg`on va haqiqatga to`g`ri kelmaydi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar