Mo`g`ulistonda dzyudo bo`yicha Ulan-Bator “Katta dubulg`a” turnirining birinchi kuni yakunlandi.
Unda O`zbekiston terma jamoasi hisobiga bitta bronza medali yozib qo`yildi.
-52 kilogramm vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova shohsupaning uchinchi pog`onasidan joy oldi. Yurtdoshimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda BAA vakili Xorlodoi Birsheltdan ustun keldi.
Ushbu natija orqali sportchimiz jahon va Parij-2024 Olimpidasi reytingi uchun o`z hisobiga 500 ochko yozib qo`ymoqda.






