AsosiyJamiyat

Mirziyoev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi

'Mirziyoev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 iyun kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yo`nalishlari, shu jumladan sog`liqni saqlash, ta`lim, suv ta`minoti sohalaridagi yangilanishlar ko`rib chiqildi.

O`zbekistonda investisiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Yurtimizda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yo`lga qo`yish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlarning borishi hamda Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish yuzasidan muzokaralar jarayoni muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar