Joriy yilning 19 iyun kuni soat taxminan 18:00 larda Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o`tgan "Toshkent-Qibray-May" avtomobil yo`lida haydovchi 1991 yilda tug`ilgan S.J. "VAZ-2106" rusumli transport vositasida rul boshqaruvini yo`qotib, yo`lni chap tomonida ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
Ushbu yo`l-transport hodisasi natijasida, 2009 yilda tug`ilgan piyoda olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Shuningdek, ikki nafar piyoda turli xil tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






