AsosiyJamiyat

⚡️ O`zbekistonda harorat pasayadi, qator hududlarda yomg`ir yog`ib, kechalari 15 darajagacha tushadi — "O`zgidromet"

'⚡️ O`zbekistonda harorat pasayadi, qator hududlarda yomg`ir yog`ib, kechalari 15 darajagacha tushadi — "O`zgidromet"'ning rasmi

"O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun va ertaga respublika bo`yicha asosan kam bulutli va o`rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 33-38o, Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda 42-44 daraja atrofida bo`ladi.

Yakshanba kuni O`zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havoning yana bir qismi kirib keladi. Respublika bo`yicha bulutlilik kuchayadi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat yana 2-4 darajaga, yoz fasli uchun qulay bo`lgan 31-34 darajagacha, janubda ba`zi joylarda 38-40 daraja pasayadi. Salqin havo kechasi va ertalab seziladi, kechasi harorat 15-18 darajagacha pasayadi.

Bugun janubda va cho`l hududlarda, 24-25 iyun kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tog` oldi va tog`li hududlarda 24-25 iyun kunlari ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, shanba kuni kechga tomon va yakshanba kuni shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-24 iyunda 34-36 daraja, 25 iyunda 31-33 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar