2023/24 yilgi mavsumdan boshlab Turkiya chempionatida o`ynaydigan O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Ozarboyjon va Turkmaniston futbolchilari legioner hisoblanmaydi. Bu haqda Tribuna xabar bermoqda.
Turkiya Superligasi 11 avgustdan start oladi va legionerlar limiti 14 nafarni tashkil etadi. Yuqorida tilga olingan mamlakat futbolchilarida endi limit sabab klubdan ketish holati kuzatilmaydi.






