AsosiyDunyo

"Titan" suvosti kemasi a`zolari halok bo`lgani tan olindi

'"Titan" suvosti kemasi a`zolari halok bo`lgani tan olindi'ning rasmi

OceanGate kompaniyasi 19 iyun kuni Atlantika okeanida “Titanik” cho`kib ketgan joyga tushish chog`ida g`oyib bo`lgan “Titan” suvosti kemasining besh nafar yo`lovchisini halok bo`lgan deb hisoblamoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

 OceanGate'ning tegishli bayonoti 22 iyun, payshanba kuni CNN media-kompaniyasi tomonidan tarqatildi.

"Bizning yuragimiz mana shu fojiali vaqtda besh ruh va ularning har bir oila a`zosi bilan. Biz hayotdan ko`z yumganlar va biz bilgan har bir insonga ular olib kelgan quvonchni xotirada saqlab qolamiz", — deyiladi bayonotda.

Avvalroq CNN telekanali "Titan"ning tashqi korpusi bo`lgan qoldiqlar batiskaf yo`qolgan joy yaqinida topilganini xabar qilgan edi.

"Titan"da bo`lgan besh kishi halok bo`lganini AQSh qirg`oqni qo`riqlash xizmati tasdiqlab, ularning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Uning versiyasiga ko`ra, batiskafda portlash sodir bo`lgan - ichkariga yo`naltirilgan portlash. Bu nima sababdan va qachon sodir bo`lgani hozircha noma`lum.

"Titan" bortida britaniyalik tadbirkor Hamish Xarding, pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning 19 yoshli o`g`li, OceanGate bosh direktori va asoschisi Stokton Rash hamda fransuz tadqiqotchisi Pol-Anri Narjolet bo`lgan.

The New York Times gazetasi Stokton Rashning rafiqasi Vendi Rash 1912 yilda "Titanik" bortida halok bo`lgan Isidor Shtraus va uning rafiqasi Idaning nevarasi ekanini ma`lum qildi. Ularning hayoti Jeyms Kemeronning "Titanik" filmida mashhur sahna olinishiga turtki bergan: halokat paytidagi keksa er-xotin. Shtrauslar birinchi klass yo`lovchilari edi. Ular qutqaruv qayig`iga chiqishdan bosh tortgan, chunki bortda hali ayollar va bolalar bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar