IBA 2024 yilda Parijda o`tadigan Olimpiadada boks musobaqalarini o`tkazish huquqidan mahrum etildi. Parij-2024 da boks musobaqasi XOQ tomonidan tashkillashtiriladi.
"Boks va bokschilar bilan hech qanday muammomiz yo`q. Agar muammo bo`lganida, Tokio va Parijdagi musobaqalar o`tkazilmagan bo`lardi. Biz boksni juda qadrlaymiz, ammo, afsuski, bizda IBA rahbariyati tufayli juda jiddiy muammolar mavjud. Biz boksni juda qadrlaganimiz sababli, bokschilar xalqaro federasiya tomonidan adolatli va shaffof boshqaruvga loyiq deb hisoblaymiz", dedi XOQ rahbari Tomas Bax.






