Uyining tomorqasida 64 tup «ko`knor» o`simligini ekib, parvarishlab kelayotgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Xorazmda Bog`ot tumanida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan, S.Q. ismli ayolning xonadoni va tomorqasi ko`zdan kechirilganida, ushbu ayol uyining tormorqa eriga tarkibida giyohvandlik vositasini saqlovchi 64 tup «ko`knor» o`simligini qonunga xilof ekanligini bilsada, ekib, parvarishlab kelayotganligi ma`lum bo`ldi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismiga ko`ra jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 64 tup «ko`knor» o`simligi esa, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.






