Ijtimoiy tarmoqlarda Qibray tumanida mast haydovchi uch nafar bolani urib ketgani, bolalardan biri vafot etgani haqida xabar tarqaldi. IIBB Matbuot kotibi holat bo`yicha ma`lumot berdi.
Aniq bo`lishicha, joriy yilning 19 may kuni soat taxminan 18:00, Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o`tgan “Toshkent-Qibray-May” avtomobil yo`lida, haydovchi 1991 yilda tug`ilgan S.J (mast holatda) VAZ-2106 rusumli transport vositasida rul boshqaruvini yo`qotib yo`lni chap tomonida ketayotgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
Ushbu yo`l transport hodisasi natijasida 2009 yilda tug`ilgan piyoda olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar piyoda turli xil tan jarohatlari olib tuman markaziy shifoxonasiga yotkizilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






