AsosiyJamiyat

“Onam doim aroq ichadi va …” 11 yoshli bola Bolalar Ombudsmanidan yordam so`radi

'“Onam doim aroq ichadi va …” 11 yoshli bola Bolalar Ombudsmanidan yordam so`radi'ning rasmi

Bola huquqlari bo`yicha vakil A.Yunusovaning shaxsiy qabuliga 11 yoshli bola N.R. buvisi bilan birga kelib, onasi bilan yashaydigan uydan buvisinikiga qochib ketganligi, opasi, akasi va singlisi onasi bilan qolganligini hamda otasi vafot etganligini ma`lum qildi. 

Murojaatchi bolaning so`zlariga ko`ra, bir kuni onasi bilan karta o`ynashganida karta tushib ketganligi uchun onasi pichoq bilan ko`krak qafasiga urganligi, tanasida pichoq o`rni shiram bo`lib qolgan.

Shuningdek, 11 yoshli bolakay maktabga bora olmasligi, o`qishni bilmasligi, buvisi bilan yashashni xohlashini, onasi doimiy ravishda aroq ichishini unga yaxshi munosabatda bo`lmasligini ma`lum qildi.

Joriy yilning 16 iyun kuni holatni joyiga chiqib o`rganish uchun Bola huquqlari bo`yicha vakil A.Yunusova, Bola huquqlarini ta`minlash sektori vakili hamda mahalla xotin-qizlar faoli bolaning onasi F.R.ning xonadoniga borildi. F.R.ning o`zini odobsizlarcha tutib, xonadon eshigini ochmasdan, barchani haqoratlab, ketishlarini talab qilgan.

Holat yuzasidan tezkorlik bilan hamkor tashkilotlar, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari bilan ishlar olib borildi. Shu kuni F.R.ning spirtli ichimliklar ta`sirida bo`lganligi va bu holat ko`pdan beri davom etib kelayotganligi, uyining sanitariya holati qoniqarli emasligi va qaramog`ida bo`lgan bolalari g`amhurliksiz va qarovsiz qolganligi aniqlandi.

F.R. davolanish uchun tibbiy muassasaga joylashtirildi. Bolalar onasi davolanib oilasiga qaytguncha Voyaga etmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko`rsatish markaziga joylashtirildi. Bolalarga huquqiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko`rsatilmoqda.

Eslatib o`tamiz, davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta`minlaydi hamda bolani ekspluatasiya va zo`ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo`ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo`pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g`ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qiladi.

    Boshqa yangiliklar