Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumaniga grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo`lga qo`yilgan edi.
Chorvoqqa qatnovchi avtobus reyslari soni ko`paytirildi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmatining xabar berdi.
Qayd etilishicha, endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo`naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.
Eslatib o`tamiz, qatnov masofasi 75 km bo`lgan yo`nalishda yo`lkira narxi hamyonbop 15 000 so`m. Yo`lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada etib boradi.






