AsosiyJamiyat

Chiroyli avtoraqamlar ro`yxati va narxi yangilandi

'Chiroyli avtoraqamlar ro`yxati va narxi yangilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (253-son, 21.06.2023 y.) bilan “Avtomototransport vositalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va ularga ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi qarorga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan oshirilgan to`lov stavkalari bo`yicha beriladigan I, IA, IE, IAE, III, IIIA, IIIE, IIIAE tipidagi avtotransport vositalari uchun ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarining ro`yxati yangilandi.

2023 yil 1 iyuldan auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinasiyada bo`lgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boshlang`ich narxda auksion savdolariga qo`yiladi.

 Shuningdek, avtomobil boshqa shaxsga o`tkazilganda uning oshirilgan stavkada olingan “chiroyli raqami” yo`l harakati xavfsizligi organlarida 12 oyga saqlanishi mumkin. Undan keyin yana 12 oyga saqlash uchun BHMning 1 baravari (330 ming so`m) miqdorida pul to`lanadi.

Ilgari qo`shimcha 12 oy saqlash tartibi bo`lmagan, 12 oydan keyin “chiroyli raqam” olib qo`yilgan.

Auksionda raqobat tartiboti amalga oshmadi deb e`tirof etilganda (ikkinchi g`olib rad etgan yoki xaridorlar mavjud bo`lmaganda), axborot tizimida avtotransport vositalari uchun RO`DRBni oshirilgan to`lov stavkasi bo`yicha berishni 5 kun muddat ichida avtomatik ravishda qaytadan e`lon qilinadi.

Ilgari aniq muddat belgilanmagan.

    Boshqa yangiliklar