21 iyun kuni soat 20:43 da Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi fermerlar uyishmalarining biri hududida taxminan 3 gektar g`alladan bo`shagan er maydoni yongan. Holat yuzasidan FVV axborot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Aytilishicha, voqea joyiga 1 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 21:00 da etib borib, yong`in soat 21:15 da o`chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.






