AsosiyDunyo

Ukrainada urush boshlangandan buyon 9 mingdan ortiq tinch aholi qurbon bo`ldi

'Ukrainada urush boshlangandan buyon  9 mingdan ortiq tinch aholi qurbon bo`ldi'ning rasmi

BMT Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainadagi tinch aholi qurbonlari haqidagi statistik ma`lumotlarni yangiladi.

2022 yil 24 fevraldan beri 18 iyun holatiga ko`ra, Ukrainada 9083 kishi halok bo`lgan, yana 15790 kishi jarohatlangan.

BMT ma`lumotlariga ko`ra, Donbasning Ukraina nazorati ostidagi qismida 4105 kishi halok bo`lgan, 5861 kishi jarohatlangan. Rossiya nazorati ostidagi hududlarda 718 kishi halok bo`lgan, 2521 kishi yaralangan.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, iyun oyi boshidan buyon 112 nafar tinch aholi halok bo`lgan, 445 nafari yaralangan. Tashkilot ma`lumotlariga ko`ra, tinch aholining aksariyati keng radiusli portlovchi qurollardan aziyat chekkan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta`kidlashicha, o`lganlar va yaradorlar to`g`risidagi ma`lumotlar shiddatli janglar bo`lgan bir qancha viloyatlardan kechikib kelinayotganligi sababli haqiqiy raqamlar bundan ham ko`p bo`lishi mumkin. Gap Mariupol, Lisichansk, Popasna, Severodonetsk haqida ketmoqda.

    Boshqa yangiliklar