AsosiyJamiyat

Joriy o`quv yili uchun 34860 nafar bakalavriat, 8923 nafar magistratura yo`nalishlariga grant o`rni ajratilgan

'Joriy o`quv yili uchun 34860 nafar bakalavriat, 8923 nafar magistratura yo`nalishlariga grant o`rni ajratilgan'ning rasmi

AOKAda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Bilimni baholash agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida joriy o`quv yili uchun OTMlarga qabul masalalari yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Unda aytilishicha, OTMlarga o`qishga qabul qilishda jami 206857 nafar (43783 tasi grant, 163074 tasi to`lov-kontrakt) talaba uchun o`rin ajratiladi.

 Shundan:

  • bakalavriat uchun kunuduzgi ta`lim shakliga – 126714 nafar (34860 tasi grant, 91854 tasi kontrakt);

 

  • sirtqi ta`lim shakliga – 49063 nafar (to`liq kontrakt);

 

  • kechki ta`lim shakliga – 11125 nafar (kontrakt);

 

  • masofaviy ta`lim shakliga – 2825 nafar (kontrakt);

 

  • magistrlar tayyorlash bo`yicha – 17130 nafar (8923 tasi grant, 8207 tasi kontrakt) o`rin belgilangan.

 

Respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTM va ularning filiallari hamda nodavlat OTMda kadrlash tayyorlash uchun 1000 ta davlat grant o`rni ajratiladi.

 

    Boshqa yangiliklar