Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 40-43° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.
21.06.2023 08:08
21 iyun kungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi






