AsosiyJamiyat

Sadir Japarov o`zbek-qirg`iz avtozavodiga oid farmonga imzo chekkan.

'Sadir Japarov o`zbek-qirg`iz avtozavodiga oid farmonga imzo chekkan.'ning rasmi

20 aprel kuni Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov o`zbek-qirg`iz avtozavodiga oid farmonga imzoladi. Bu haqda Bi-Bi-Si o`zbek xizmati xabar berdi.  Zavodda 19 rusumdagi avtomashinalar ishlab chiqariladi, engil avtomobillarning narxi $13 mingdan boshlanadi.

Payshanba kuni prezident Japarov O`zbekiston bilan birga avtomobillar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishga oid qonunni ratifikasiya qilgan.

Bu haqda mamlakat prezidenti administrasiyasi xabar bergan.

Qirg`iz parlamenti 15 mart kuni mazkur qonunni qabul qilgan edi.

Qirg`iziston Iqtisodiyot vazirligi ma`lumotiga ko`ra, loyihaga kiritilayotgan umumiy investisiya miqdori $50 millionni tashkil etadi.

Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu markalarining jami 19 rusumdagi engil va yuk avtomobillarini yig`ish rejalashtirilgan.

Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda 10 ming donaga yaqin avtomashina ishlab chiqarilishi va liniyadan birinchi chiqadigan mashina Cobalt bo`lishi xabar qilingan.

Ma`lumotlarga ko`ra, birinchi bosqichda avtomashinalarni yig`ishda zarur qismlar tashqaridan olib kelinadi, ikkinchi bosqichda esa zavodning o`zida butlovchi qismlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi.

Ikkinchi bosqichda 20 ming, ishlab chiqarishning oltinchi yili - uchinchi bosqichda esa 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi ko`zlangan.

Loyihani amalga oshirishda O`zbekiston tomondan "O`zavtosanoat", Qirg`iziston tomondan esa "DT" "Texnik" va "Nur" kompaniyalari ishtirok etadi.

"DT" "Texnik" kompaniyasi boshqaruv raisi Farhod Dosmatov ishlab chiqarilajak engil avtomobillar narxi $13 ming, yuk mashinalariniki esa $28 mingdan boshlanishini bildirgan.

Qirg`iziston iqtisodiyot vaziri o`rinbosari Aynura Usenbekovaning so`zlariga ko`ra, ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi kompaniyalarga QQS va boj to`lovidan ozod etish, avtokreditlarni moliyalashtirishga mablag` ajratish kabi imtiyozlar beriladi.

Shavkat Mirziyoevning yanvar oyida qo`shni davlatga tashrifi chog`ida ikki tomon birgalikda avtomobil va tijoriy texnika ishlab chiqarishda hamkorlik qilish bo`yicha kelishuv imzolagan edi.

 

    Boshqa yangiliklar