AsosiyJamiyat

Surxondaryoda erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangan o`qituvchi voqea sababini aytib berdi(video)

'Surxondaryoda erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangan o`qituvchi voqea sababini aytib berdi(video)'ning rasmi

Surxondaryoda erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangan ayol voqea sababini aytib berdi (video)

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi maktabda ikki ayol o`qituvchi erkak hamkasbi tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Jabrlanuvchi ayol voqea sabablari haqida gapirib berdi

Ma`lum qilinishicha, voqeadan bir kun avval shu maktabda ota-onalar yig`ilishi bo`lib o`

tgan. Unda ota-onalarning biri tomonidan o`qituvchilarning ma`naviy buzuqligi haqida so`z borgan. Isbot tariqasida o`zida video borligini ham aytgan. Shundan so`ng ayol o`qituvchilar yig`ilib direktorga aytish maqsadida majlis qilgan. Ota-onalar tomonidan aytilgan videoni o`ziga tegishli deb tushungan erkak o`qituvchi kelib majlisga aralashgan va shu orada janjal sodir bo`lgan. 

“Ayollar yig`ilishi bo`lyapti, dedim. Keyin menga birdan qarab, sensirab, “Sening nima ishing bor, men o`zim bilaman”, dedi-da, shahd bilan ustimga keldi. Uni uradi, deb kutmagandim. Tizzasi bilan biqinimga tepdi, keyin sherigim joyidan turib, gapirmasligimni iltimos qildi. U esa bizni tinimsiz so`kdi. Tinimsiz so`kkani sababli men yana gapirdim”, — deydi jabrlanuvchi ayol.

 

Mazkur ayol davolanayotgan shifoxona xodimining so`zlariga ko`ra, hozirda uning ahvoli stabil holatda. 

 

“Bemor bizga bosh og`rig`i, ko`krak qafasi o`ng taraf biqin sohasidagi og`riqdan shikoyat qilib kelgan. Hozirgi kunda barcha tekshiruvlarni o`tkazganmiz. Uning ahvoli hozirda stabil”, — deydi shifokor.

    Boshqa yangiliklar