AsosiyDunyo

Pekin shahridagi kasalxonada yuz bergan yong`inda 29 kishi vafot etdi (video)

'Pekin shahridagi kasalxonada yuz bergan yong`inda 29 kishi vafot etdi (video)'ning rasmi

Pekin shahrining janubi-g`arbidagi shifoxonada sodir bo`lgan yong`in qurbonlari soni 29 kishiga etdi, deb xabar berdi voqea sodir bo`lgan Fentay tumani ma`muriyati.

Avvalroq Sinxua agentligi qurbonlar soni 21 nafar ekani haqida xabar bergan edi. Yong`in seshanba kuni Pekin vaqti bilan 12:57 da sodir bo`lgan. 40 daqiqadan so`ng yong`in o`chirildi, 71 bemor xavfsiz joyga olib o`tildi.

Favqulodda vaziyatga aloqador 12 nafar mas`ul shaxs, jumladan, shifoxona direktori hibsga olindi. Vakolatli davlat organlari hodisa sabablarini o`rganmoqda, deb xabar beradi tass.ru.

    Boshqa yangiliklar