AsosiyDunyo

Apple Hindistonda birinchi brend do`konini ochdi

'Apple Hindistonda birinchi brend do`konini ochdi'ning rasmi

Apple Hindistonning Mumbay shahrida birinchi brend do`konini ochdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz nashri.

Magazinning ochilish marosimida kompaniya bosh direktori Tim Kuk ishtirok etdi. U Tvitterda birinchi tashrif buyuruvchilarni do`kon eshigi oldida kutib olgan suratini joylashtirdi.

“Mumbaydagi energiya, ijodkorlik va ishtiyoqqa aql bovar qilmaydi! Biz Hindistondagi birinchi do`konimizni ochganimizdan juda xursandmiz”, — dedi Kuk.

Kompaniyaning ikkinchi do`koni Dehli poytaxti hududida 20 aprel kuni ochiladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni uch barobarga oshirgani xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar