AsosiyDunyo

Rossiyalik deputat jonli efirda Markaziy Osiyodan tortib Turkiyaga qadar bosib olishni taklif qildi ( video)

'Rossiyalik deputat jonli efirda Markaziy Osiyodan tortib Turkiyaga qadar bosib olishni taklif qildi ( video)'ning rasmi

Rossiya deputati Semyon Bagdasarov telekanaldagi jonli efirda inqirozdan foydalanib, Markaziy Osiyodan tortib, Turkiyaga qadar bosib olishni taklif qildi.

Ular do`st bo`lmoqchi emas, shunchaki bosib olmoqchi, deya munosabat bildirmoqda Rasul Kusherbaev.

“Odatda rus rahbariyatining yashirin istaklarini mana shu kabi deputatlari baralla aytishni boshlaydi. So`ng sekin-asta jamoatchilikning quloqlari bunga ko`nikib bo`lgach, ushbu maqsadga etish uchun haqiqiy harakatlar boshlanadi.

Dastlab Ukrainani bosib olish harakatlari ham dastlab shunday chiqishlar bilan boshlangan edi. Bugun esa bu haqiqatga aylandi.

Bu harakatlardan bir narsa ayonlashib bormoqda: ular do`st bo`lmoqchi emas, shunchaki bosib olmoqchi”, - deydi Kusherbaev. 

    Boshqa yangiliklar