AsosiyJamiyat

Sirdaryoda Toshkentga olib kelinayotgan salkam uch tonnali iste`molga yaroqsiz go`sht mahsuloti to`xtatib qolindi

'Sirdaryoda Toshkentga olib kelinayotgan salkam uch tonnali iste`molga yaroqsiz go`sht mahsuloti to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo`limi tomonidan IIB, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasida fuqaro Sh.X. hech qanday hujjatsiz jami 2950 kg yirik shoxli mol go`shtini Toshkent shahrida o`tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar