Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashiga 3-Darband saylov okrugidan saylangan Bobolov To`ra Abdievichning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi.
U joriy yilning 24 fevral kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o`rinbosari va O`zbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi sifatida faoliyatini boshladi.
Eslatib o`tamiz, 2022 yil 26 dekabrda prezident farmoniga ko`ra, To`ra Bobolov boshqa ishga o`tishi sababli lavozimidan ozod etilgan edi.
To`ra Bobolov 2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan. 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimini egallagan.






