AsosiyJamiyat

Bugun issiq ob-havo bo`ladi, kunning ikkinchi qismida 6 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun issiq ob-havo bo`ladi, kunning ikkinchi qismida 6 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuazaga kelishi mumkin. Respublikaning baland tog`larida (2000 m dan yuqorida) qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar