Ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo`yicha yo`l qo`yiladi. B haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Ishni to`xtatib turish mumkin bo`lmagan joylarda, aholiga xizmat ko`rsatish, kechiktirib bo`lmaydigan ta`mirlash, yuk ortish-tushirish ishlarida bayram kunlari ishlashga yo`l qo`yiladi.
Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi.






