AsosiyJamiyat

Moskva eroportida uch nafar samarqandlik 44 kg isiriq bilan ushlandi

'Moskva eroportida uch nafar samarqandlik 44 kg isiriq bilan ushlandi'ning rasmi

Domodedovo aeroportida bojxonachilar Samarqanddan kelgan 3 nafar yo`lovchining bagajidan 44 kg isiriq ushlab qolishgan.

Ma`lum qilinishicha, isiriq tarkibida Rossiya Federasiyasida muomalasi cheklangan giyohvandlik moddasi bo`lgan "harmin" borligi aniqlangan.

Tekshiruv tadbirlari davom etmoqda.

Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 229.1 (Giyohvand moddalarni EOII bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o`tish) moddasida bir million rublgacha jarima yoki 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar