"Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Toshkentning Chilonzor va Mirzo Ulug`bek tumanlarida joriy yilning 16 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.
Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi, "Novza" metro bekati yonidagi, o`rta bosimli er osti d-89 mmli gaz quvurida va Chilonzor mavzesidagi "Metro market" binosi yonidan o`tgan, o`rta bosimli er osti d-57 mmli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan.
Holatni bartaraf qilish ishlari "Hududgaz Poytaxt" GTFning "Chilonzortumangaz" gaz ta`minoti bo`limi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Chilonzor tumanida:
— "Chilonzor" MFYdagi jami 1 890 ta uy xo`jaliklari hamda ko`p qavatli uylardagi aholi xonadonlarida;
— "Charx komolon" MFYdagi 894 ta;
— "2- Charx komolon" MFYda joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2 240 ta;
— "3- Charx komolon" MFYda joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2 460 ta;
— "Katta Chilonzor 1" MFYda (1-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2 180 ta;
— "Katta Chilonzor 2" MFYda (2-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2 284 ta;
— "Katta Chilonzor 3" MFYda (3-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2 470 ta;
— "Novza" MFYda (4-24-mavzelar) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2 880 ta;
— "Beshchinor" MFYda (5-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 2 320 ta;
— "Dilobod", "Xalqlar do`stligi" MFYlarida (6-mavze) joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 3 220 ta;
— Chilonzor 5-mavzeda joylashgan 1-2-3-4-49-50 ko`p qavatli uylardagi jami 504 ta aholi xonadonlarida;
Qolaversa, Mirzo Ulug`bek tumanining "Pastki yuz" MFYdagi 367 ta uy xo`jaliklarida ham tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.






