Bugun, 15 mart kuni Namangan shahrida ikkita avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB ma`lumot berdi.
Hodisa soat 09:10 larda Namangan shahrining “Mustaqillikning 10 yilligi” ko`chasida yuz bergan. Spark avtomashinasi belgilanmagan joydan qayrilishi oqibatida orqasidan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 va Nexia-2 rusumli transport vositalari bilan to`qnashuv sodir etgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q. Avtomashinalar texnik shikastlangan.






