AsosiyJamiyat

Chinozlik yigitlar Tursunoy Oxunovaning xotira byusti ustiga chiqib “qiliq” qilishdi

'Chinozlik yigitlar Tursunoy Oxunovaning xotira byusti ustiga chiqib “qiliq” qilishdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida bir guruh yoshlar xotira byusti ustiga chiqib, g`ayriijtimoiy harakat qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 18-19 yoshlar orasidagi 5 nafar yigit 2 mart kuni soat 19:00 larda Chinoz tumanidagi O`zbekiston Respublikasining birinchi mexanizator ayoli Tursunoy Oxunovaning xotira byusti ustiga chiqib, u erda turli harakatlar qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qo`pol ravishda buzgan. Shundan so`ng ularning shaxsi aniqlanib, tuman IIBga olib kelingan.

IIB xodimi tomonidan o`tkazilgan profilaktik suhbat davomida ularga ushbu xatti-harakatlari huquqbuzarlik ekanligi, jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimaslik, qolaversa, o`z davrining qahramoni, nafaqat tuman, balki Toshkent viloyati faxri bo`lgan bunday shaxs xotirasiga hurmatsizlik qilish ham noto`g`ri ekanligi tushuntirilgan.

Ularning ikki nafari nufuzli oliy ta`lim muassasasi talabasi. Hozirda mazkur holat yuzasidan to`plangan hujjatlar mazmunan ko`rib chiqish uchun sud organiga yuborilmoqda.

    Boshqa yangiliklar