AsosiyJamiyat

23-31 mart kunlari 12 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar uchun samolyot chiptalariga chegirma e`lon qilindi

'23-31 mart kunlari 12 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar uchun samolyot chiptalariga chegirma e`lon qilindi'ning rasmi

“Yoshlar turizmi haftaligi” o`tkazilishi munosabati bilan "Uzbekistan Airways" joriy yilning 23-31 mart kunlari mahalliy yo`nalishlardagi aviaqatnovlarga chegirma e`lon qildi. 

Kompaniya xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, ya`ni 12 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan maktab o`quvchilari, talabalar va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga 21% chegirma beriladi.

Qayd etilishicha, chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina "Uzbekistan Airways Sales"  yoki uning agentlariga murojaat qilish kerak.

    Boshqa yangiliklar