Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida o`zi avtomobil boshqarib, Boysun-Denov yo`nalishidagi yo`llar sifatini tanqid qilgan edi. Mazkur yo`llarni ta`mirlash ishlari boshlandi.
Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo`lining umumiy uzunligi 111 kilometr semento-beton qoplama bo`lib, viloyatning Boysun, Bandihon, Qumqo`rg`on, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan o`tadi.
Bugungi kunda qurilish ob`ektida asos ishlari bajarilmoqda. Hozirda ob`ektga 70 tadan ortiq maxsus mashina va mexanizm hamda 120 nafar ishchi xodim jalb qilingan.






