AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev ertaga Turkiyaga boradi

'Prezident Shavkat Mirziyoev ertaga Turkiyaga boradi'ning rasmi

2023 yilning 16 mart kuni Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining "Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami" mavzusida navbatdan tashqari sammiti bo`lib o`tadi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

 O`zbekiston etakchisi mazkur sammitda ishtirok etishi ko`zda tutilgan.

Sammit yaqinda Turkiyada sodir bo`lgan zilzila tufayli yuzaga kelgan favqulodda holatni muhokama qilish uchun yuqori darajali platforma vazifasini o`taydi. Unda TDT doirasida tabiiy ofatlarni va favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami ko`rsatish bo`yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadilar.

Sammit doirasida, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar ham o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar