AsosiyJamiyat

YouTube o`zbek bloggerlari uchun monetizasiyani yoqishi mumkin

'YouTube o`zbek bloggerlari uchun monetizasiyani yoqishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari Komil Allamjonov O`zbekistonning AQShdagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi. Bu haqda uning Telegram kanalida post e`lon qilingan.

Qayd etilishicha, uchrashuvda turli loyihalar bo`yicha fikr almashilgan. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qilingan.

Ta`kidlanishicha, ko`plab blogerlardan YouTube monetizasiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shu bois uchrashuvda elchi bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o`rganish bo`yicha kelishib olingan.

    Boshqa yangiliklar