AsosiyJamiyat

Andijonda haydovchi ikki oyda 26 marta qoida buzdi va 28 million so`m jarima to`ladi

'Andijonda haydovchi ikki oyda 26 marta qoida buzdi va 28 million so`m jarima to`ladi'ning rasmi

Andijonda ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 mln jarimaga tortildi

Andijon shahrida ikki oyda 26 marta qoida buzgan haydovchi 28 million so`m jarima to`ladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, fuqaro B.I. avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda yo`llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, 2022 yil 20 oktyabrdan 28 dekabrga qadar, ya`ni 2 oy davomida jami 26 ta qoidabuzarlik sodir etgan. 

Natijada 26 ta qoidabuzarlik bo`yicha ma`muriy jarima qo`llanilgan bo`lib, uning miqdori 28 170 000 so`mga borib etgan.

Ma`muriy jarimalarni undirish maqsadida byuroning Andijon shahar bo`limi xodimlari tomonidan fuqaro B.I. bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qo`llanilgan 28 170 000 so`m jarima pullari to`liq undirildi.

    Boshqa yangiliklar