AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik Sayfullo Soipov AQShda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

'O`zbekistonlik Sayfullo Soipov AQShda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi'ning rasmi

2017 yilda Nyu-Yorkda sakkiz kishining o`limiga sabab bo`lgan teraktni amalga oshirgan asli o`zbekistonlik Sayfullo Soipov AQShda shartli ozodlikdan mahrum qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Sayfullo Soipov 2010 yilda AQShga ko`chib kelgan. Hodisa 2017 yilda Nyu-Yorkda, Hellouin bayrami kuni sodir etilgan. Sayfullo Soipov o`zining ijaraga olgan yuk mashinasini "qasddan" odamlarning ustiga haydagan.

Hodisada jami 8 kishi qurbon bo`lgan.

Prokuratura aybdor deb topilgan Soipovga o`lim jazosini berishni so`ragan, biroq u sudyaning bir ovozdan qarori qabul qilinmagan taqdirdagina qo`llanilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar