AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati prokurori lavozimidan ozod qilindi

'Sirdaryo viloyati prokurori lavozimidan ozod qilindi'ning rasmi

Bosh prokurorning 10 mart kunidagi buyrug`iga asosan Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov o`z xohishiga ko`ra egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Darakchi.uz'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma`lumot uchun, Sanjar Mavlonov bu lavozimga 2022 yil 30 aprel kuni tayinlangan edi. 

Bunga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Sanjar Mavlonov jinoyat ustida ushlangani sabab ishdan bo`shatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura bunday xabarlarni haqiqatga to`g`ri kelmasligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar