AsosiyJamiyat

Senat ertaga yangi Konstitusiyani referendumga qo`yish masalasini ko`rib chiqadi

'Senat ertaga yangi Konstitusiyani referendumga qo`yish masalasini ko`rib chiqadi'ning rasmi

O`zbekiston Oliy Majlisi Senatining o`ttiz sakkizinchi yalpi majlisi 2023 yil 14 mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlisi Senati binosida bo`lib o`tadi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi va Konstitusiyaviy sudning 2023 yil 13 martdagi qarorlarini inobatga olib, “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo`yicha O`zbekiston referendumini o`tkazish haqidagi masala Oliy Majlis Senatida ham ko`rib chiqilishi kerak.

Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senatining 2023 yil 14 mart kuni bo`lib o`tadigan o`ttiz sakkizinchi yalpi majlisida ushbu masala muhokama qilinadi.

Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a`zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatda akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar