AsosiyJamiyat

Navoiylik deputat Dilnavoz Nosirova 34 yoshida og`ir hastalikdan vafot etdi

'Navoiylik deputat Dilnavoz Nosirova 34 yoshida og`ir hastalikdan vafot etdi'ning rasmi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi deputi, Zarafshon shahar ma`naviyat va marifat bo`limi mudiri Dilnavoz Nosirova 34 yoshida vafot etdi. Milliy tiklanish demokratik partiyasi marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Joriy yilning 13 fevral kuni Dilnavoz Nosirova sog`lig`idagi muammolar tufayli ma`lum muddat ijtimoiy tarmoqlarga kira olmasligini yozgan.

“Sizlarda ham shundaymi? Kech tushishi bilan uxlolmayman, o`zimni tashvishlarim qolib, dunyo va bizda bӯlayotgan ishlar haqida o`ylayveraman, o`ylayveraman... 

Doridan vafot etgan bolajonlar, 12 yoshli qizaloq... Aybdorlarga qanaqa chora ko`rishdi ekan? Turkiyadagi qardoshlar, Suriyadagi begunohlar taqdiri, urushlar, vijdonsiz rahbarlar, endi esa bedarak yo`qolayotgan qizlar, gaz, energetika mashmashasi, to`kilib borayotgan uylar, etmaganidek ӯzimizdagi tibbiyotning ahvoli... 

Bunaqada miya bir nima bo`lib ketishi hech gapmas. Qaniydi o`ylagan bilan bir nima ӯzgarsa, ammo baribir befarq bo`lolmayman. 

Sog`ligimga juda ta`sir qilayotgani uchun yaqinlarimdan ham vrachimdan ham gap eshitaman.  Ma`lum muddat ijtimoiy tarmoqlarga kirmasammikan hayronman”, — deb yozgan u.

Ma`lumot o`rnida, Dilnavoz Nosirova — 1989 yil Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug`ilgan. Mutaxassisligi adabiyotshunos va pedagog.

    Boshqa yangiliklar