AsosiyJamiyat

Toshkent-Qarshi va Samarqand-Toshkent yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovlari yo`lga qo`yiladi

'Toshkent-Qarshi va Samarqand-Toshkent yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovlari yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Bayram kunlarida yo`lovchilarni tashish maqsadida Toshkent-Qarshi, Samarqand-Toshkent yo`nalishlarida qo`shimcha, Samarqand-Shahrisabz yo`nalishida esa birinchi marta tezyurar yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lovchi" kompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 17 martdan 23 martgacha 767/768-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand "Afrosiyob" elektropoezdi yo`nalishida qo`shimcha 6 ta reys harakati yo`lga qo`yiladi. Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 767-sonli Samarqand-Toshkent yo`nalishi: Samarqand 11:09-Toshkent 13:19;
  • 768-sonli Toshkent-Samarqand yo`nalishi: Toshkent 13:40-Samarqand 15:48.

20−21 mart kunlari 780/779-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent "Afrosiyob" elektropoezdi yo`nalishida qo`shimcha 2 ta reys harakati yo`lga qo`yiladi. Poezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 780-sonli Toshkent-Qarshi yo`nalishi: Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
  • 779-sonli Qarshi-Toshkent yo`nalishi: Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.

Shuningdek, 20 mart sanasidan boshlab har kuni yangi 07/08-sonli Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo`nalishida tezyurar yo`lovchi poezd harakati yo`lga qo`yiladi va harakat jadvali quyidagicha bo`ladi:

  • 7-sonli "Shahrisabz-Samarqand" yo`nalishi: Shahrisabz 07:03 — Samarqand 10:54;
  • 8-sonli "Samarqand-Shahrisabz" yo`nalishi: Samarqand 17:52 — Shahrisabz 21:22.

    Boshqa yangiliklar