AsosiyJamiyat

O`zbekistonda joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'O`zbekistonda joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, ushbu hafta davomida respublika hududi bo`yicha asosan kam bulutli, quruq ob-havo bo`ladi. 

Kechagi sovuqdan so`ng, bugun kunduz kuni havo isiy boshlaydi va haftaning o`rtasiga kelib, kunduzgi havo harorati 22-25 darjaga etadi, janubda ba`zi joylarda 26-28 darajagacha gacha bo`ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida Qozog`iston bo`yicha o`tayotgan antisiklon respublikamiz hududi bo`yicha kunduzgi havo haroratini 18-20 darajagacha biroz pasaytiradi.

15-16 mart kunlari respublikamizning shimoliy va cho`l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

13-15 martda respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.

Poytaxtda: bugun kunduzi va hafta oxirigacha havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo`nalishda birozdan o`rtachagacha bo`lgan tezlikda esadi.

Havo harorati asosan 18-22 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar