Internet ijtimoiy tarmoqlarida ayol kishining IIO xodimini haqorat qilayotganligi aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi, deya xabar bermoqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 10 mart kuni Farg`ona shahar IIO FMB navbatchilik qismiga shaharning Yangi asr ko`chasida yashovchi S.O (ayol) murojaat qilib, qo`shnisi, D.K. uni turli so`zlar bilan haqorat qilayotganligi sababli yashash xonadoniga IIB xodimi kelishini so`ragan.
Mazkur murojaat yuzasidan profilaktika inspektori Yo.M aytilgan manzilga borib, D.K. ni tinchlantirmoqchi bo`lganida u profilaktika inspektorining qonuniy talablariga bo`ysunmay uning sha`ni va qadr qimmatini kamsituvchi so`zlar bilan xaqorat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o`zida D.K. ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborish choralari ko`rilgan.






